Kun tartibidagi tashkiliy masalalardan biri – Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi raisi o'rinbosarini tayinlash to'g'risida bo'ldi.
Ushbu lavozimga munosib nomzod sifatida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi hamda Payariq tumani Kengashi deputati, shuningdek tuman Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashining O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlik guruhi rahbari, Payariq tuman tibbiyot birlashmasining tug'ruqxona bo'limi mudirasi Nurmatova Nilufar Ziyadullaevnaning nomzodi ko'rib chiqildi va deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.
Nurmatova Nilufar Ziyadullaevnaning kelgusi ish faoliyatlariga " Payariq tumani yangiliklari " kanali nomidan ulkan zafarlar tilaymiz.