Seminar davomida mas'ullar tomonidan kotibiyatda yuritilayotgan sessiya qarorlari, doimiy komissiyalar hamda siyosiy partiya deputatlik guruhlariga tegishli meʼyoriy hujjatlarning yuzlari, rasmiy ish hujjatlari (blankalari), shuningdek, tashkilotlarga yuborilayotgan rasmiy xatlar hamda deputatlik so‘rovlari to‘liq lotin yozuvida rasmiylashtirilganligi aytib o‘tildi.

Yil oxiriga qadar kotibiyatning barcha ish hujjatlari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tilishi ta'minlanadi.

 

Yusuf NASULLAYEV
Vobkent tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi