Diplomatiya oʻzi nima?

Diplomatiya mamlakatlar bir-biri bilan aloqa oʻrnatadigan vositadir. Bu davlatlar oʻrtasida oʻzaro tushunish va tinchlik oʻrnatish bilan bogʻliq. Ammo tinchlik oʻrnatish uchun diplomatiya qanday ishlaydi?

Diplomatiya tashqi siyosatning asosiy boʻgʻini boʻlib, u mamlakatning dunyoning qolgan barcha davlatlar bilan oʻzaro hamkorligini boshqaradigan kengroq maqsad va strategiyalardan iborat. Xalqaro shartnomalar, bitimlar, alyanslar va tashqi siyosatning boshqa koʻrinishlari odatda diplomatlar tomonidan milliy siyosatchilar tomonidan maʼqullanmasdan oldin muhokama qilinadi.

Umuman olganda, diplomatiya ishonchni mustahkamlash usulidir. Diplomatik sammitlar va uchrashuvlar singari ishonchni mustahkamlash ishlari ikki tomon va koʻp tomonlama darajada maʼlumot almashish, hamkorlikni taklif qilish va tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun platforma boʻlib xizmat qiladi. Boshqa davlatlar niyatini tushunib, biron bir mamlakat keraksiz toʻqnashuvlarga duch kelmasligi mumkin. Diplomatiya vositasida vujudga kelgan ishonch rishtalari keskinliklar rivojlanishining oldini olishga qodir, ammo diplomatik munosabatlarda boʻlgan davlatlar boshqa davlat tomonidan ularga boʻlgan ishonchni saqlashga intilishi kerak demakdir.

Xuddi shu maqsadda, 2017 – yil iyun oyida, Qozogʻiston Respublikasining Ostona shahrida boʻlib oʻtgan sammitda Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Xalq diplomatiyasi markazi Yurtboshimiz ilgari surgan tashabbusi bilan tashkil etilganligi barchaga maʼlum. Unda, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo Davlatlar rahbarlari (Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon) SHHT va uning markazlari faoliyatini yana-da takomillashtirish, Tashkilotga aʼzo davlatlar oʻrtasida siyosiy hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, terrorizmga qarshi birgalikda kurashish, mintaqaviy xavfsizlik va osoyishtalikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Mintaqamizda xalqaro hamkorlikka erishishda, avvalambor, tinchlik va hamjihatlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ham, diplomatiya — bu xalqaro munosabatlarning ixtisoslashgan sohasi boʻlib, u milliy manfaatlarning millatlararo va qarama-qarshi boʻlmagan holda rivojlanishiga qaratilgan taktikalararo munosabatlarni oʻrganishga qaratilgan. Intizomni tugatgan va uning vazifalarini oʻz mamlakatlari nomidan amalga oshiradiganlar esa diplomatlar deyiladi.

Respublikamiz oʻz milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, oʻzaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib borishi butun dunyoga maʼlumdir. Respublikaning zamonaviy tashqi siyosiy oʻrni dunyoda va mintaqada shiddat bilan oʻzgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning oʻzidagi keng koʻlamli oʻzgarishlarga asoslanib shakllanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi oʻrni va rolini mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qoʻshnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish va xalq bilan diplomatik aloqalarni yaxshilash.

Xalq diplomatiyasini yaxshilash nafaqat mamlakatimizda, balki jahonda millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yana-da mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, biz kabi shijoatli avlodning oldidagi asosiy vazifa — bu davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarga asoslangan iqtisodiy — savdo, ijtimoiy, madaniy, siyosiy va texnologik bilimlarning davlat yoʻli hisoblanadi.

Yurtimizda xalq diplomatiyasini faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali xalqaro maydonlarda yurt shaʼnini himoya qilishga bel bogʻlagan yoshlarimizni aynan shu kabi anjumanlar tufayli kashf etish, ularni kelgusi rejalarini rivojlantirish, dunyoning hozirgi kundagi dolzarb muammolariga yechim topish uchun aynan, Oʻzbekiston yoshlarini va xalqaro yoshlarni bir maqsad yoʻlida birlashtirib, ularning fikr va takliflarini oʻrganish, hayotga tadbiq etish va bir – birlari bilan fikrlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, uzviy aloqalarni saqlab qolgan holda yosh avlod qiziqishi kundan kun ortmoqda.

Bugungi kunda, yurtimizda biz kabi yoshlarni xalqaro tashkilotlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish orqali ularni huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, ular orasidan iqtidorli va isteʼdodli, yurt shaʼnini xalqaro maydonlarda himoya qilishga bel bogʻlagan yoshlarni aniqlash, ularni qoʻllab quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida koʻplab shart – sharoitlar yaratilmoqda. Shuningdek, davlatimizning rivojlanishida va jahonning rivojlangan davlatlari qatoriga kirishi yoʻlida qilinayotgan ishlarning nechogʻlik muhim ahamiyatga ega ekanligini va bu yoʻlda yoshlarning roli qay darajada muhim ekanligini targʻib etgan holda, yoshlarni vatanimiz manfaatini koʻzlab harakat qilishga undash maqsadida tadbir va anjumanlar tashkil etilib kelinmoqda. Maʼlumki, yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda maʼlum bir maqsadlar ilgari suriladi, sayyoramizda tinchlik, xavfsizlik va qadr-qimmatni saqlashga boʻlgan intilishlari aks etadi. Talabalar va yosh avlodga ushbu islohotlarning asosiy ustuvor vazifalarini oʻrganishga va dunyodagi muammolarga, yoshlar nuqtai-nazaridan, umumjahon qarorlar va farmonlarni shakllantirishga qaratilgan fikr-mulohazalar bilan shugʻullanishda yordam beradi.

Xazratqulova Umida Shodmon qizi

Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universiteti,

Ingliz tili 2-fakulteti talabasi