Xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarda davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlandi

    Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-991-son, 05.11.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

    Unga koʻra, fuqarolarga tibbiy tashxis qoʻyish va ularni davolash xizmatlarini xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan koʻrsatganlik, shuningdek, xizmatlarni xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarni qoʻllagan holda moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor boʻlish evaziga koʻrsatganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.

    Mazkur xizmatlarni omma oldida targʻib qilganlik uchun ham maʼmuriy javobgarlik oʻrnatilmoqda.

    Shuningdek, xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarni qoʻllagan holda fuqarolarga tashxis qoʻyish va ularni davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlanmoqda.