Shu maqsadda Xalq ta'limi vazirligi, A. Avloniy nomidagi Xalq ta'limi muammolarini o'rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti hamda O'qituvchilar uyushmasi huzuridagi Bilim va ko'nikmalarni baholash markazi o'rtasida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida loyiha amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida:

ilk bosqichda Toshkent shahrida, keyinchalik Qoraqalpog'iston Respublikasi, Samarqand, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida jami 5 ta zamonaviy test markazlari ishga tushiriladi;

Testlar sun'iy intellekt yordamida yuzdan tanish texnologiyalari bilan jihozlangan va onlayn monitoring olib boriladigan test markazlarda amalga oshiriladi;

Inson omili maksimal kamaytiriladi.