Xususan, 2021-yilda ta’lim tizimiga 1 trillion 761 milliard 397 million 673 ming so‘m ajratilgan bo‘lib, asosan (1 trillion 663 milliard 924 million so‘m) ta’lim muassasalari xodimlarining ish xaqiga ajratiladi. Shuningdek, jami 39 ta maktabda 203 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Jumladan 4 ta yangi qurilish, 22 ta rekonstruksiya va 13 ta maktab kapital ta’mirlanadi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, 2021-yilning yakuniga qadar axborot texnologiyalarini chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar 8 ta, kimyo va biologiya faniga ixtisoslashtirilgan maktablar 6 ta, matematika faniga 4 ta, 22 ta chet tillariga ixtisoslashtirilgan maktab, 1 ta fizika faniga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabi ochilishi rejalashtirilgan.
– 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab Nurafshon shahrida Prezident maktabi o‘z faoliyatini boshlaydi, – deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Azamat Kamolov. – Buning uchun zarur mablag‘lar ajratilgan bo‘lib, 168 o‘ringa moslab bunyod etilayapti. O‘ziga xos tomoni shundaki, 5-,6-,7-,8-,9-,10-sinflarga qabul bo‘ladi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Xususan, bugungi kunda Toshkent viloyatida jami 916 ta muassasa faoliyat yuritmoqda. Shundan, 891 ta maktabning 14 tasi maxsus maktab va maktab-internatlar, 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar, 22 ta «Barkamol avlod» bolalar maktablari, 2 ta Mehribonlik uylari hamda 1 ta viloyat xalq ta'limi hodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi faoliyat yuritmoqda. 2020-2021-o‘quv yilida 517 mingga yaqin o‘quvchilar ta’lim olgan bo‘lib, 5 tilda (o‘zbek, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik) o‘qitiladi.