Xalq taʼlimi vaziri Andijonda “Onalar maktabi” loyihasi mashgʻulotlarida ishtirok etdi

    Ta'lim 17 Iyun 2021 779

    Xalq taʼlimi vaziri Andijonda oʻquvchilarning onalariga chet tilini oʻrgatish uchun yoʻlga qoʻyilgan “Onalar maktabi” loyihasi mashgʻulotlarida ishtirok etdi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Izboskan tumanidagi 43-umumtaʼlim maktabida boʻlib, unda oʻquvchi hamda pedagogik jamoa uchun yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirdi.

    Dastlab, maktab maʼmuriyati tomonidan taʼlim sifatini yaxshilash, bitiruvchilarni OTMga jalb etish va kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

    Shuningdek, vazir maktab oʻquvchilarining onalariga chet tillarini oʻrgatish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan “Onalar maktabi” loyihasi mashgʻulotlarida ham ishtirok etib, andijonlik onalar bilan ingliz tilida suhbatlashdi.

    Suhbat davomida vazir kelajak avlodni aqlan barkamol etib tarbiyalashda ota-onalarning roliga alohida toʻxtaldi. Maktab kutubxonasiga jahon adabiyoti bestsellerlarini hadya etdi.