Xalq taʼlimi vaziri ishga piyoda bordi

    Sport 22 Sentabr 2021 766

    Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov bugun 22-sentyabr — Xalqaro avtomobilsiz kuni munosabati bilan 8,5 kilometr yoʻlni piyoda bosib oʻtdi.

    Vazir piyoda bosib oʻtgan yoʻlni oʻzining feysbuk sahifasidagi onlayn translyatsiya qildi.

    Eslatib oʻtamiz. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov davlat idoralari va mahalliy organlari rahbarlari, taniqli madaniyat va sport vakillarini shaxsiy namuna koʻrsatib, 22-sentyabr “Xalqaro avtomobilsiz kun” tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlagandi.

    Bu tashabbusni qoʻllab-quvvatlash maqsadida bugun mamlakatimizda ayrim rahbarlar va xodimlar xizmat va shaxsiy avtomobilida harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan holda ish joyiga piyoda va velosipedda qatnashmoqda.