Mazkur musobaqada oʻzbekistonlik maktab oʻquvchilari Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, mutlaq Jahon chempioni boʻlib qaytishdi.
Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov gʻolib oʻquvchilar bilan uchrashib, larni yuksak gʻalaba bilan muborakbod etdi.
Uchrashuv chogʻida Vatanimizda yosh avlodning sport bilan shugʻullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, gʻolib oʻquvchilarning orzu-maqsadlari hamda trenerlarning sohada olib borayotgan faoliyatlari xususida suhbatlashildi.
Uchrashuv soʻngida gʻolib oʻquvchilarga kelgusi sport musobaqalarida bundanda yuqori choʻqqilarni zabt etishga tilak bildirildi.