“Xabaringiz bor, oʻtgan oʻquv yilida barchaga qulay boʻlishi uchun oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilindi. Abituriyentlar endi avvalgidek oliy taʼlim muassasalariga ovora boʻlib borishlari, uzundan-uzoq navbatga turishlariga hojat qolmadi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport maʼlumotlari (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami -JSHSHIR) kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga toʻlgan bitiruvchilar oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarur.
Bu jarayonda Xalq taʼlimi vazirligi DTM bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyib, OTMga hujjat topshirish uchun bitiruvchilarga yana-da qulaylik yaratish maqsadida attestat.uzedu.uz elektron bazasi DTM abitur.dtm.uz sayti bilan integratsiya qilingan.
Maʼlumot uchun, joriy oʻquv yilida maktablarni 437 mingdan ortiq oʻquvchilar bitiradi. Bugungi kunda bitiruvchilarning elektron maʼlumotlar bazasi attestat.uzedu.uz saytida 16 yoshga toʻlgan 153 mingdan ortiq bitiruvchilar (35%) pasport olmagan.
«Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvchi yoshlar!
Fuqarolik huquqidan foydalangan holda 16 yoshga toʻlgan maktab bitiruvchilarining oʻz vaqtida pasport olishini taʼminlashingizni soʻraymiz.
Maktab maʼmuriyatidan esa bitiruvchilarning pasport maʼlumotlarini attestat.uzedu.uz saytiga kiritib, ularni kelgusida oliy taʼlim muassasalariga hujjatlarini topshirishda koʻmaklashishga chaqiramiz.
Eslatib oʻtamiz, 16 yoshga toʻlgan bitiruvchilar pasport olishlari uchun oʻzlari doimiy roʻyxatda turgan hududdagi Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin», deyiladi xabarda.