Xalq ta’limi vazirligi qarshi emasligi bildirilgan

    Ijtimoiy tarmoqlarda, “Andijon shahrining 50-maktabi stadioni sotib yuborilgani va o‘rniga ko‘p qavatli uy qurilayotgani” haqida xabar tarqalgan. 

    Viloyat prokuraturasining aniqlashicha, Xalq ta’lim vazirligi tomonidan 50-sonli umumta’lim maktabi hududidagi 7200.0 kv. metr yer maydonini Andijon shahar hokimligi zahirasiga o‘tkazishga qarshi emasligi bildirilgan.

    Shunga ko‘ra, Andijon shahar sobiq hokimi B.Haydarovning 02.06.2020 yildagi 254-Q sonli qaroriga asosan “SXF Andijon city stroy” MCHJga 2022 yilning IV choragiga qadarli 10 mln. AQSH dollari miqdorida investisiya kiritish sharti bilan kompleks bino inshootlari qurish uchun ajratib berilgan.