Xalq taʼlimi vazirligi qizil galstuk masalasiga siyosiy tus bermaslikni soʻradi

    Ta'lim 28 Fevral 2022 3962

    Ijtimoiy tarmoqlarda Uchtepa tumanidagi 283-sonli maktab oʻquvchilariga qizil galstuk taqdirilganligi mavzusi keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

    Mazkur masala yuzasidan Xalq taʼlimi vazirligi munosabat bildirdi. Taʼkidlanishicha, maktab maʼmuriyati maktabning bugungi ochilish marosimiga ota-onalar bilan kelishilgan holda boshlangʻich sinflarga erkaklar galstukining qizil rangini, katta sinflarga koʻk rangini taqish tanlangan.

    Qolgan kunlari maktab galstuk taqishni talab qilmagan, oq koʻylak, toʻq koʻk shimda kelishi zarurligi aytilgan.

    Mazkur masalani siyosiy tus bermaslikni soʻraymiz.