Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan oʻzaro fikr almashdi.
Mehmonlar hozirda Belarus Respublikasida yangi oʻquv dasturlari va darsliklarni tayyorlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar, oʻquvchilarining taʼtillarini sermazmun va sogʻlom oʻtkazish boʻyicha “Zubryonok” milliy oʻquv-sogʻlomlashtirish bolalar markazi toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtdi.
Uchrashuvda tomonlar taʼlimning turli yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini ishlab chiqishda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, pedagog xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha oʻzaro tajriba almashish, fan olimpiadalarga birgalikda tayyorgarlik koʻrish va qoʻshma mashqlar oʻtkazishda oʻzaro qoʻllab-quvvatlash kabi va taʼlimning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.