Jizzax viloyatida 2023-yilning 6 oyida yoʻl-transport hodisalari soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 19 foizga (174/207) yoki 33 taga, hodisalarda halok boʻlganlar 10,6 foizga (66/73) yoki 7 nafarga, tan jarohati olganlar 18,6 foizga (140/166) yoki 26 nafarga koʻpaygan.
Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarda sodir etilgan hodisalar 57 foizga (51/80), shundan, M-39 yoʻlidagi hodisalar 56 foizga (41/64), A-376 yoʻlidagi hodisalar 60 foizga (10/16) oshdi.
Yoʻl-transport hodisalarining 44 foizi (91 tasi) sutkaning tungi vaqtida, ularning 58 foizi (53 tasi) yoritilmagan avtomobil yoʻllarida sodir etilgan. Ularda 25 nafar fuqaro halok boʻlgan, 41 nafari tan jarohati olgan.