Shuningdek, 31-Xalqaro biologiya olimpiadasida yurtimiz sharafini 4 nafar iqtidorli oʻquvchi himoya qilib, 1 ta oltin va 2 ta kumush medallarini qoʻlga kiritdi.

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, Xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan yoshlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq quyidagi miqdorlarda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-oʻrin (oltin medal) uchun — oʻquvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 500 (111 mln. 500 ming soʻm) baravari, oʻqituvchisiga — 450 baravari (100 mln. 350 ming soʻm) miqdorida;

2-oʻrin (kumush medal) uchun — oʻquvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 300 (66 mln. 900 ming soʻm) baravari, oʻqituvchisiga — 250 baravari (55 mln. 750 ming soʻm) miqdorida;

3-oʻrin (bronza medal) uchun — oʻquvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 (44 mln. 600 ming soʻm), oʻqituvchisiga — 150 baravari (33 mln. 450 ming soʻm) miqdorida bir martalik pul mukofotlari belgilangan.

Shuningdek, xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan qituvchilar va taʼlim muassasasi direktorlariga navbatdagi oʻquv yili uchun direktor jamgʻarmasidan oltin, kumush va bronza medallari boʻyicha tegishlicha qoʻshimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama toʻlanadi.

Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, joriy yilning sentyabr oyida ham Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Xalqaro matematika va Xalqaro informatika olimpiadalarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

2020-yil Xalqaro kimyo va Xalqaro biologiya olimpiadasida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanganlar oʻquvchi va oʻqituvchilarning roʻyxati

Biologiya fanidan

1.JPG 

Kimyo fanidan

2.JPG