Xalqaro fuqaro mudofaasi tashkiloti hukumatlararo tuzilma bo'lib, uning tashkil topganiga joriy yil oktyabr` oyida 90 yil to'ldi. Tashkilot davlatlarga aholini tabiiy va antropogen ofatlardan himoya qilish va yordam ko'rsatish, shuningdek, mol-mulk va atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha tuzilmalarni yaratishda ko'maklashishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Ushbu tuzilmalar odatda fuqaro himoyasi, fuqaro mudofaasi, fuqaro xavfsizligi nomlari bilan tanish bo'lib, ularning barchasi favqulodda vaziyatlarni boshqarish bilan shug'ullanadi.

Tashkilot bosh qarorgohi Jenevada joylashgan. O'zbekiston 2014 yildan buyon ushbu tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.

Uchrashuv chog'ida O'zbekiston va XFMT o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor masalalari muhokama qilindi.

Bosh kotib tashkilot O'zbekistonni to'laqonli a'zo davlatlar safida ko'rishdan manfaatdor. Uning so'zlariga ko'ra, bu fuqaro muhofazasi, avariyalar, falokatlar va tabiiy ofatlar natijasida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasida tajriba almashishni yo'lga qo'yish imkoniyatini beradi.

«Maxsus tabiiy-iqlim sharoitida faoliyat yuritadigan o'zbekistonlik qutqaruvchilarning kasb mahorati va tajribasi XFMTga a'zo rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham foydali bo'ladi», - dedi u.

Mariatu Njupuo Yap joriy yil 12-16 noyabr` kunlari O'zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan O't o'chiruvchilar va qutqaruvchilar xalqaro sport federatsiyasining 22-konferentsiyasida qatnashish uchun Toshkentga keladi.