Unda Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasiga aʼzo rassom va haykaltaroshlar – Ibrohim Valixoʻjayev, Ulash Urakov, Norxoʻroz Qurbonov, Toʻlagan Yorqul ishtirok etayapti.

CNN Türk telekanali xabariga koʻra, yaratilgan haykallar Istanbul Maltepe tumanining turli mahallalarida munosib koʻrilgan joylarda oʻrnatiladi.

— Sanʼat – doʻstlik koʻprigidir. Doʻst, qardosh boʻlgan ikki oʻlka - Oʻzbekiston va Turkiyaning bir-biriga yaqin boʻlishi, mana shunday simpoziumda qatnashib, birgalikda ijod qilish bizni mamnun etadi. Kelgusida hali koʻplab ijodiy loyihalarni amalga oshirish rejamiz bor, — deydi Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi, rangtasvirchi rassom I.Valixoʻjayev.

Bugun, 7-oktyabr kuni rassom I.Valixoʻjayevning shaxsiy koʻrgazmasining ochilishi rejalashirilgan.

Gulichehra DURDIYEVA,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri