– barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;

– aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;

– aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;

– xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;

– mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash.

«O‘zbekiston - 2030» strategiyasida oliy ta’limni yanada takomillashtirish yuzasidan ham bir qator chora-tadbirlar belgilab olingan. “Top - 500”ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma ta’lim dasturi asosida “ikki diplomli tizim”ni joriy etish, 10 ta oliy ta’lim muassasasini dunyoning eng nufuzli “Top - 1 000” oliy ta’lim tashkilotlari reytingiga kiritishga erishish kabi maqsadlar shular jumlasidandir.


Guliston davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish uchun mutaxassislik yo‘nalishlaridan kelib chiqib, yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida jahonning jami 15 ta yetakchi universitetlari va ta’lim markazlari bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolagan. Qozog‘istonning Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti (QS jahon universitetlari reytingida #230-o‘rinda) va Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti (QS # 681-690), Vengriyaning Debretsen universiteti (QS # 671-680), Bolgariyaning Sofiya universiteti St. Kliment Ohridski (QS #741-750), Xitoyning Pekin texnologiya universiteti Gengdan instituti (QS # 801-850) shular jumlasidandir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qaroriga 2-ILOVAdagi 2022 - 2026-yillarda pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”ning 16-bandida keltirilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan institut professor-o‘qituvchilarining xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan nufuzli tadbirlar, jumladan konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda muntazam ishtirok etishini ta’minlash to‘g‘risidagi topshiriq yuzasidan ham institutda tizimli ishlar olib borildi. 2023-yil sentyabr oyida 2 nafar professor-o‘qituvchilarimiz Turkiyaning Balikesir universitetiga, oktyabr va noyabr oylarida esa 2 nafar institut prorektorlari Xitoy xalq respublikasida hamda Belgiya qirolligida o‘tkazilgan pedagogika sohasidagi xalqaro forum va seminarlarda ishtirok etishdi.


Shuningdek, 2024-yilning aprel oyida institutning 4 nafar professor-o‘qituvchilari Qozog‘istonning QS dunyo universitetlari xalqaro reytingida 250-o‘rindan joy olgan Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy Universitetida ilmiy stajirovka o‘tab qaytib qaytishdi. Shu qatorda, olimlarimiz Almati shahrida Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetining 90 yilligi munosabati bilan xalqaro tashkilotlar, yetakchi ilmiy markazlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda 2024-yil 4-apreldan 12-aprelgacha o‘tkazilgan III Xalqaro Farobiy Forumida ishtirok etishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 6-yanvardagi 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab “Hayot maktabi” dasturi doirasida pedagogik sinflar tashkil etish boʻyicha topshirig‘i asosida pedagogika sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining 16 nafar professor-o‘qituvchilari, shu qatorda institutizmining 1 nafar o‘qituvchisi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashabbusi bilan 2024-yilning 4-11-may kunlari M.Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universitetida malaka oshirishga yuborildi.

Qozog‘iston Respublikasining Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universitetidan 2023-yil dekabr oyida 2 nafar, 2024-yilning aprel oyida esa yana 2 nafar professor-o‘qituvchilar institutimizning bakalavr bosqichi talabalari bilan o‘z bilim va tajribalarini ulashish uchun tashrif buyurishdi. Ushbu tashriflar davomida, xorijlik soha mutaxassislari institutimiz professor-o‘qituvchilari va talabalariga mahorat darslarini o‘tib berishdi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida e’tirof etganidek, “Barchamizning fidokorona mehnatimiz, g‘ayratu shijoatimiz bilan Yangi O‘zbekiston orzusi real haqiqatga aylanmoqda. Xalqaro maydonda Vatanimizga nisbatan hurmat va e’tibor tobora ortib bormoqda”. Binobarin, «O‘zbekiston - 2030» strategiyasi jamiyatimiz va davlatimizning ana shu yutuqlarini yanada ulug‘vor natijalar bilan mustahkamlashi hamda boyitishi muqarrar.


  O. A. Xidirov,

Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i

    D. K. Sagatova,

Xalqaro hamkorlik bo‘limi uslubchisi