Hamkorlik uchrashuvida Olgan Bekar O‘zbekistonning 2022-yilda ikki tomonlama hamkorligi doirasida aynan yoshlar siyosati sohasida Yoshlar ishlari agentligi bilan Turkiya Yoshlar va sport vazirligi o‘rtasida hamkorlikda samarali ishlar olib borilishiga ishonch bildirdi va hamkorlikka tayyor ekanliklarini aytdi.
Undan tashqari uchrashuvda talaba yoshlar almashinuv dasturi, yoshlarga yangi ta’lim grantlari taqdim etish, Turk va O‘zbek tili o‘qitishni ommalashtirish, yozgi yoshlar oromgohlarini tashkil etish, arxitektura va dizayn yo‘nalishi bo'yicha yaqindan hamkorlik o'rnatish, shuningdek, ikki davlat yoshlari o‘rtasida axborot texnologiyalari, media, tadbirkorlik, fan, ta'lim, madaniyat yo'nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan kelishib olindi.