Uchrashuvda 2022-yilga moʻljallangan ishlar sarhisob qilindi, shuningdek, ishtirokchilar tomonidan germaniyalik va oʻzbekistonlik hamkasblarning huquqiy sohadagi oʻzaro hamkorlikning samaradorligi qayd etildi.

Konstruktiv muloqot keyingi yillar uchun Bosh prokuratura va IRZ fondi oʻrtasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash imkonini berdi.

Tadbir ishchanlik va doʻstona ruhda oʻtdi. Tomonlar keng qamrovli masalalar boʻyicha ikkitomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun oʻtkazilgan muloqot muhimligini taʼkidladilar.