Sertifikatlarni olimlarga innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova topshirdi.

– Ilmiy loyihalarni moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etilishi olimlarimizdan ham, vazirligimizdan ham alohida masʼuliyat talab qiladi, – dedi Sh. Turdiqulova. – Bir nechta loyihalar ichidan eng loyigʻini tanlab olish tajribasi tadqiqotlarning sifatli, raqobatbardosh, natijador boʻlishiga xizmat qiladi.

Tadbirda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida moliyalashtirilgan umumiy qiymati 27,7 milliard soʻm boʻlgan 30 ta (20 ta amaliy va 10 ta innovatsion) Oʻzbekiston-Belarus va umumiy qiymati 2,9 milliard soʻm boʻlgan 4 ta Oʻzbekiston-Vengriya loyihalar rahbarlariga sertifikatlar oldilar, deb xabar beradi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.