Tashrif davomida agentlik rahbari Jizzax shahrida joylashgan Yunus Rajabiy nomidagi musiqali drama teatri hamda 2 ta zaldan iborat yangi "Orom" kinoteatrini ko'zdan kechirdi. "Orom" kinoteatri zamonaviy texnik jihozlar, jumladan maxsus proektor, DSP formatdagi ekran bilan ta'minlangan. Shuningdek, Bosh direktor viloyat hokimi o'rinbosari va hududiy bo'lim boshlig'i hamrohligida shahardagi "Forum" majmuasini borib ko'rdi. Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, xalqaro festivalning Jizzax viloyatidagi asosiy tomoshalari mazkur majmuada o'tkazilishi kelishib olindi.

Sirdaryo viloyatiga tashrif davomida Firdavs Abduxoliqov Guliston shahridagi viloyat musiqali drama  teatri hamda To'ra Sulaymon nomidagi amfiteatr binolarida ham bo'ldi.  Bundan tashqari, agentlik rahbari hududiy bo'lim mas'ullari bilan uchrashuvda respublika miqyosida o'tkazilishi kutilayotgan "Ipak yo'li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivaliga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi.

 

Avvalroq, agentlik bosh direktori kino infratuzilmalari bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga ham tashrif buyurgan edi.

Barno UNGBOEVA,

kinoshunos, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori