Shu tariqa salomatlik va goʻzallik uchun mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi xalqaro kompaniya oʻzi uchun yangi biznes yoʻnalishini yoʻlga qoʻydi, Fargʻona vodiysida esa faol rivojlanayotgan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish kompleksi paydo boʻldi.
Tarixga sayohat
“Siberian Wellness” xalqaro kompaniyasi Rossiya, Serbiya, Italiyada biologik faol qoʻshimchalar, tabiiy kosmetika, sport va funksional ozuqalar, eksklyuziv atirlar ishlab chiqaradi. 27-yil ichida kompaniya mahsulotlari 60 dan ortiq mamlakatlarda ommalashdi. “Siberian Wellness” Oʻzbekistonda izchil faoliyat yuritayotganiga 15-yil boʻldi. Kompaniya mahsulotlari respublikaning istalgan nuqtasiga yetkazib berilmoqda, shuningdek, ularni internet-doʻkon orqali buyurtma qilish mumkin.
Oʻzini ishonchli, ekologik va ijtimoiy masʼuliyatli brend sifatida namoyish etayotgan “Siberian Wellness” kompaniyasining muvaffaqiyat siri – uzoq muddatli rejalar tuzish, tanazzullarni yengish va keng koʻlamli loyihalarni amalga oshirish mahorati. Shu tariqa kompaniyaning oʻz ishlab chiqarish majmuasiga ega agrar boʻlimi – “NamAgro Tech” tashkil etildi.
415 gektarlik oʻzgarishlar maydoni
Ajratilgan maydonda intensiv bogʻlarni tashkil etish uchun xalqaro mutaxassislar jamoasi bel bogʻladi, Oʻzbekistonlik va Fransiyalik ekspertlar jalb etildi. Yevropaliklar danakli meva daraxtlarini oʻstirish uchun qulay boʻlgan joyning jozibadorligi, yuqori sifatli mevalarning pishishi uchun zarur boʻlgan sifatli tuproq va quyoshli iqlimni munosib baholashdi. Shuningdek, bogʻlar joylashgan yerlar tuproq, suv va havoni zararlaydigan manbalardan xoli. Asosiy muammo – suv tanqisligi. Uni hal qilish uchun kompaniya tomonidan suv zaxiralarini qidirish ishlari amalga oshirildi, quduqlar qazildi, rezervuarlar qurildi. Bugun “Siberian Wellness” bogʻlari suv mustaqilligi sari dadil harakat qilmoqda. Har bir daraxtga obi-hayot keltirish uchun yetakchi ishlab chiqaruvchidan tomchilab sugʻorish va ekinlarni oziqlantiruvchi texnologiyalar sotib olindi. Zamonaviy dasturiy taʼminot aralashma tarkibini ideal hisoblab chiqish imkonini beradi. Organik dehqonchilik konsepsiyasi ekinlarni oziqlantirish, shuningdek ularni zararkunandalardan himoyalashda zararli kimyoviy birikmalardan foydalanishni minimallashtirishni nazarda tutadi.
Hozirgi vaqtda 415 ga yerda toʻqqiz turdagi mevali daraxtlar, jumladan, 28 turdagi oʻrik, shaftoli, nektarin, nok, bodom, olxoʻri, uzum, olma, gilosdan hosil olinmoqda. Ular Ispaniya, Fransiya, Oʻzbekistonning eng yaxshi koʻchatxonalarida yetishtirilgan. Yevropa navlarini lokal seleksiyalash ularning sifatini yaxshilaydi. Daraxtlarga shakl berish, mevalarini quyoshga maksimal ochish uchun 3-4-yil vaqt ketadi. Toqalash daraxtda keraklicha mevalarni qoldirish imkonini beradi: shunda kerakli oʻlcham va taʼmli meva olish mumkin. Joriy yilda ideal tavsifga ega 1000 tonna meva yigʻib olish rejalashtirilgan.
Bogʻlarda faol avtomatlashtirish ishlari olib borilmoqda, iqlim koʻrsatkichlaridan tortib asalarilar sonigacha boʻlgan ulkan hajmli axborot olish rejalashtirilmoqda. Kelajakda interfaol xarita retrospektivada bogʻning holati, uning rivojlanishi toʻgʻrisida aniq tasavvurga ega boʻlish imkonini beradi. Maksimal hajmdagi maʼlumotlarni tahlil qilish va qisqa muddatlarda toʻgʻri qaror qabul qilish uchun kelajakda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish rejalashtirilmoqda.
Qishloq xoʻjaligi Oʻzbekiston iqtisodiyotining toʻrtdan bir qismini tashkil etadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev agrar soha, yer-suv resurslaridan samarali foydalanish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda taʼkidlaganidek: “...buning zamirida xalqimiz farovonligi, narx-navo barqarorligi , qancha ish oʻrinlari yotibdi”. Shu sababli taʼkidlash joizki, bogʻlarda 80 nafar shtat mutaxassislari, 200 nafargacha kishi mavsumiy ishlarga jalb qilinadi. Binobarin bogʻlar maydoni tobora kengaymoqda. Yigʻilgan hosil qisman qayta ishlanadi, asosiy qismi ichki bozorga va eksportga yoʻnaltiriladi. Mevalar Rossiyaning turli viloyatlariga yuboriladi. “NamAgro Tech” kompaniyasining mahsulotlarni BAA ga yetkazish toʻgʻrisidagi birinchi shartnoma imzolandi.
Bu oddiy qayta ishlash emas
Oʻzbekistonning yana 90 nafar fuqarosi 4 ga maydonda tashkil etilgan ishlab chiqarish majmuasida ishlaydi. Birinchi navbatda korxonada konsentratsiya qilingan meva sharbatlarini ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirildi - mahalliy fermerlar xom ashyo buyurtmalarini olishgan, mavsumda qayta ishlash uch smenada olib boriladi. Olinayotgan konsentrat sifat jihatdan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarda talabgir.
Ayni damda “NamAgro Tech” rivojlanishning yangi bosqichiga chiqmoqda. 2024-yilning may oyida “Siberian Wellness” mahsulotlarini ishlab chiqaradigan ishlab chiqarish liniyasiga start berildi. Bugungi kunda pektin ishlab chiqaradigan liniyani yigʻish ishlari yakunlanmoqda. Mazkur istiqbolli mahsulotga jahonda talab katta. “Siberian Wellness” jamoasi uni samarali va xavfsiz ishlab chiqaruvchi texnologiyani topdi. U nafaqat raqobat afzalligi, balki Fargʻona vodiysining ekotizimini saqlash imkonini beradi.
Masʼuliyat standart hisoblanganda
“Siberian Wellness” turli mamlakatlarda kompaniyaning sayyoramiz tabiatiga taʼsirni minimallashtirishdek siyosatiga birdek javob beruvchi intellektual va ishlab chiqarish markazlarini barpo etmoqda. Jamoa xuddi shunday yondashuvdan Oʻzbekistonda ham foydalanmoqda: “NamAgro Tech” tabiiy resurslarni tejashni maqsad qilgan, mutaxassislar ekologik xavfsizlikka rioya qilishadi. Bogʻning har bir ishchisi bunga oʻqitiladi, jumladan, ekostandartlarga binoan qanday ishlash kerakligi oʻrgatiladi.
Kompaniya sifat va xavfsizlik masalasiga alohida eʼtibor qaratadi. Eng birinchi navbatda Oʻzbekistondagi “Siberian Wellness” ishlab chiqarish majmuasi sertifikatsiyadan oʻtdi: ekologik xavfsizlik tasdiqlangandan soʻng oziq-ovqat xavfsizligi standarti (FSSC 22000) talablari bajarildi. Barcha mahsulotlarga MDH, Turkiya, arab davlatlari, Malayziya va Indoneziya mamlakatlari standartlariga binoan Halal sertifikati olindi. Bu yil Toshkentda boʻlib oʻtgan Halal forumida esa mazkur standart boʻyicha sertifikatsiyadan oʻtgan mahsulotlarga talab nafaqat anʼanaviy manfaatdor mamlakatlarda, balki Yevropa, Shimoliy va Lotin Amerikasi, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Xitoy, Hindiston va Tailandda ham oshib bormoqda. Bundan tashqari, “NamAgro Tech” bogʻlari Global G.A.P talablariga javob berishini tasdiqlashdi. Bu sertifikat qishloq xoʻjalik mahsulotlari toʻgʻri usullar bilan ishlab chiqarilayotganligini tasdiqlaydi. Bularning barchasi Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori darajadagi sifat va xavfsizligini kafolatlaydi.
Taraqqiyotning global maqsadlari
Mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasining muhim tarkibiy qismlaridan biri eksport hajmini oshirish hisoblanadi. “NamAgro Tech” jamoasi bogʻlar maydonini kengaytirish (yaqin kelajakda 2000 gektarga yetkazish), Oʻzbekistonda yetishtirilayotgan mahsulotlar turini tashqi bozor talablari asosida koʻpaytirishni maqsad qilgan. Konsentratsiyalangan olma sharbatlari mevaning Rossiya va Belarusda ommalashgan nordon, BAA va Sharq mamlakatlarida qadrlanadigan shirin navlaridan tayyorlanadi. Kompaniyaning Namangan ishlab chiqarish majmuasida chiqarilishi rejalashtirilayotgan pektin mahsulotidan ham umidlari katta. Va, albatta, “Siberian Wellness” salomatlikni saqlash va yoshlikni uzaytirish yoʻnalishida ham innovatsiyalarni joriy etish, brendning Oʻzbekistondagi mijozlarini biologik faol qoʻshimchalar va kosmetika mahsulotlari bilan xushnud etishni niyat qilgan.
“Siberian Wellness” kompaniyasi
Matbuot xizmati.
Reklama
Телефон: (+998 90) 999 40 04