O'zbekiston xalq artisti, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, akademik Yunus Rajabiy tavalludining 125 yilligi, O'zbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy tavalludining 80 yilligi, Yunus Rajabiy uy-muzeyining tashkil topganiga 25 yil to'lishi munosabati bilan o'tkaziladigan Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya Tashkiliy qo'mitasining ilk maslahat uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyani yuqori saviyada tashkillashtirish va o'tkazish bo'yicha bir nechta dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, tashkiliy qo'mita va ishchi guruh a'zolari tarkibi tuzildi. Konferentsiya o'tkaziladigan sana joriy yilning 26-27-aprel` kunlari etib belgilandi. Ushbu uchrashuv davomida tashkilotchilar va konferentsiya ishtirokchilarining 2 kunlik rejasi ishlab chiqilib, O'zMMSI va hamkor tashkilot rahbarlari bilan boshqa muhim tashkiliy masalalar yuzasidan ham o'zaro kelishuvga erishildi.