Xalqaro kuzatuvchilar Navoiy viloyatida

    Mamlakatimizda joriy yilning 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Referendumiga tayyorgarlikning borishi bilan tanishish maqsadida Navoiy viloyatiga ham xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari tashrif buyurishmoqda.

    Mamlakatimizda joriy yilning 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Referendumiga tayyorgarlikning borishi bilan tanishish maqsadida Navoiy viloyatiga ham xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari tashrif buyurishmoqda. Ular Referendumni oʻtkazuvchi 5-Navoiy okrug komissiyasida boʻlishib, muhim siyosiy jarayonga tayyorgarlik, yaratilgan qulayliklar va komissiya aʼzolarining salohiyati bilan yaqindan tanishishmoqda. Eng ahamiyatlisi, xalqaro kuzatuvchilarga tayyorgarlik jarayonlarini bevosita kuzatishlari uchun toʻliq imkoniyatlar yaratib berilgan.

    Chunonchi, Oʻzbekistondagi Referendumni kuzatish boʻyicha YEXHT DIIHBning cheklangan missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchilari Aleksis Mishel hamda Eni Kristin Krepeliyen 5-Navoiy okrug komissiyasida boʻlishib, bu yerda muhim siyosiy jarayonga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishishdi. Kuzatuvchilarga okrug komissiyasi raisi N.Togʻayeva hududdagi uchastka komissiyalari hamda ularning aʼzolari sifat tarkibi, komissiya huzurida faoliyati yoʻlga qoʻyilgan Matbuot markazi, OAV vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartiblari xususida batafsil maʼlumot berdi.

    Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, Referendumni oʻtkazuvchi 5-Navoiy okrugi hududida 411ta uchastka komissiyalari tashkil etilgan boʻlib, ulardagi komissiya aʼzolarining 56 foizini ayollar tashkil etadi. Shuningdek, komissiya aʼzolarining 76 foizdan ortigʻi oliy maʼlumotga ega tajribali mutaxassislardan iborat boʻlib, oʻzbek, rus, qozoq, qoraqalpoq va tojik millatiga mansub Oʻzbekiston fuqarolari tashkil etadi.

    Taʼkidlash joiz, Referendumni oʻtkazish va mazkur siyosiy tadbirga qizgʻin tayyorgarlik jarayonlarini oʻz vaqtida keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalarining oʻrni alohida ahamiyatga ega. YEXHT DIIHB xalqaro kuzatuvchilari Navoiy viloyati Referendumga tayyorgarlik jarayonlarini yoritishda, asosan, nimalarga ahamiyat qaratilayotgani bilan qiziqishib, akkreditatsiyadan oʻtgan jurnalistlar bilan axborot almashish borasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

    Kuzatuvchilar shuningdek, muhim siyosiy jarayonga tayyorgarlik koʻrish uchun yaratilgan sharoitlar, referendumni umumeʼtirofdagi demokratik tamoyillar asosida oʻtkazish yoʻlida amalga oshirilayotgan tashkiliy jarayonlar bilan tanishishib, oʻzlarini qiziqtirgan bir qator savollarga javob olishdi.

    5-Navoiy okrug komissiyasi Matbuot markazi