Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etiladigan ushbu nufuzli olimpidada Avstriya, BAA, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Xorvatiya, Vengriya, Isroil, Latviya, Makedoniya, Ozarbayjon, Armaniston kabi 20ga yaqin davlatlarning oʻquvchilari ishtirok etishi kutilmoqda. 

Yangi Oʻzbekistonning iqtidorli yoshlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi yangiliklarini ttps://imcho56.uz/ havolasi orqali kuzatib borish mumkin.

Maʼlumot uchun: Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi 1948-yilda tashkil etilgan boʻlib, dunyodagi nufuzli olimpiadalardan biri hisoblanadi. Ushbu olimpiada har yili 30 ga yaqin davlat ishtirokida dunyoning turli mamlakatlarida oʻtkaziladi.