Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan loyihaga koʻra, endi 60 ming fuqaro, shu jumladan, 48 ming band boʻlmagan aholi oʻz kasbiy koʻnikmalarini yaxshilash imkoniyatiga ega boʻladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi loyiha bosh ijrochisi vazifasini bajaradi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.