Ushbu qoʻllanmada “Oʻzbekiston” turizm brendining Buyuk Britaniyadagi elchisi Sofi Ibbotsonning mashhur Registon maydonida joylashgan, YUNESKOning Jahon madaniy merosi obyektlari roʻyxatiga kiritilgan Samarqandning uchta diniy-meʼmoriy yodgorliklaridan biri – “Tillakori” madrasasi haqidagi maqolasi oʻrin olgan.

“Tillakori” madrasasi Vatikandagi Avliyo Pyotr soboriga muqobildir” – shu soʻzlar bilan muallif oʻz maqolasida madrasaning xususiyatlarini tasvirlay boshlaydi. Maqolada Sofi Ibbotson Tillakori tarixini batafsil yoritadi – “XVII asr oʻrtalarida shayboniylar sarkardasi Olchin Yalangtoʻsh Bahodir tomonidan qurilgan Tillakori Registondagi eng yangi, eng katta va eng murakkab inshootdir.

Madrasaning nomi oʻz hovlisi ichidagi masjid bilan bogʻliq: Tillakori “oltin bilan qoplangan” degan maʼnoni anglatadi, bu binoning yaltirab turgan zarhal gumbazi va devorlariga ishoradir. Albatta, avliyo Pyotrning gumbazi balandroq, lekin Tillakorining hashamati shu qadar zoʻrki, boshingiz aylanib ketadi”. Shu bilan birga, taʼkidlanishicha, “mutlaq muhtashamlik haqida gap ketganda, koʻzni qamashtiruvchi madrasa sobordan koʻra ustunlikka ega”.

Quyidagi havola orqali maqola haqida batafsil maʼlumotga ega boʻlish mumkin: