Xabarda aytilishicha, zamonaviy olimpiya o'yinlarining asoschisi P`er de Kuberton tomonidan ko'k, qizil, sariq, yashil va qora rangdagi besh xalqadan iborat ramz 1913 yilda yaratilgan.  Besh qit'aning birdamligini anglatib turgan bu ramz hamisha ahamiyatli bo'lib kelgan.

XOQ ramzining asl nusxasi kim oshdi savdosidagi birlamchi bahosi 100 ming evro etib belgilangan.

Ma'lumki, xalqaro olimpiya harakatining ramzi bo'lib kelgan ushbu logotip  ilk bor 1920 yilgi olimpiya o'yinlarida ommaga namoyish etilgan. Aslida ushbu ramz 2014 yili Xalqaro olimpiya qo'mitasi tashkil topganligining 20 yilligida keng jamoatchilikka taqdim etilishi lozim edi. Biroq, 1-Jahon urushining boshlanib qolganligi sababli uning taqdimoti aynan 1920 yilda o'tkazilgandi.

SHu o'rinda aytish joizki, Olipiya o'yinlarini tashkil etish bo'yicha P`er de Kuberton tomonidan imzolangan rasmiy hujjat Manfestning asl nusxasi o'tgan yili dekabrda Kannda o'tkazilgan kimoshdi savdosida 8 806 500 dollarga xamyurtimiz Alisher Usmonov tomonidan sotib olinib, Kubertonga hurmati yuzasidan Lozannadagi Olimpiya muzeyga shu yilning fevralida sovg'a qilingan edi.

Kuberton chizgan ushbu logotipning asl nusxasi 21 X 27,5 santimetrdan iborat bo'lib, guash va grafit bilan oq kartonga chizilgan hamda u tomonidan muhrlangan.

Kann auktsion markazi ma'murlarining bildirishiga ko'ra, sotuvga qo'yilayotgan XOQ logotipidan tushgan daromadning 15 foizi jahon mamlakatlarini sport bahslari g'oyasi bilan birlashtirgan P`er de Keberton oilaviy aasotsiatsiyasiga taqdim etiladi.

To'lqin RO'ZIEV.