Forumni universitetning yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor Saxauatdin Alaoʻatdinov ochib berdi va forum ishtirokchilarini "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan tabrikladi.
Bundan soʻng, universitet rektorining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Injayim Seytnazarova soʻzga chiqib, xotin-qizlar kengashi faoliyati, shuningdek, faol qizlarimizning yutuqlari haqida soʻz yuritib, barchani bayram bilan tabrikladi.
Forumda universitetda taʼlim olayotgan ziyrak, iqtidorli va isteʼdodli qizlarning qoʻl mehnati yordamida yasagan buyumlari koʻrgazmasi tashkil etilib, tadbir ishtirokchilari bu yoshlarning ijod namunalaridan tayyorlangan koʻrgazma bilan tanishdi.
Tadbir davomida oliygohdagi har bir faol qizlarning yutuqlari haqida soʻz yuritilib, ularning ota-onalariga oliygoh rektorati tomonidan tashakkurnoma topshirildi.
Oʻz navbatida ota-onalar ham oʻz quvonchini baham koʻrib, qalblaridan chiqqan ezgu tilaklarini bildirdi. Bu forumni oʻtkazishdan asosiy maqsad qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning kiyinish va nutq madaniyatini oshirish, yoshlarimiz ongini yot gʻoyalardan va illatlardan asrash, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish va ularni turmushga tayyorlash hisoblanadi. Forum universitet tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.