баннер
26 Apr 2025
22:14

    Xalqaro “Siberian Wellness” kompaniyasi: Oʻzbekistondagi 15-yillik faoliyat natijalari

    “Siberian Wellness” kompaniyasi 1996-yili Sibirda tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda goʻzallik, sogʻlik va sport uchun moʻljallangan innovatsion yechimlar, shuningdek, atirlar kolleksiyalari dunyoning 60 dan ortiq mamlakatida mavjud.

    Bundan 15-yil oldin ushbu brend Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonasini ochgan. Kompaniya faoliyat yuritayotgan barcha mintaqalarda boʻlgani kabi mamlakat bozoriga dolzarb mahsulotlarni taklif etish bilan bir qatorda biologik faol qoʻshimchalarni (BFQ) isteʼmol qilish madaniyatini rivojlantirish, “wellness falsafasi”ni targʻib etishga ham harakat qilmoqda.

    Yubiley yili munosabati bilan “Siberian Wellness” mamlakatimizda vakolatxona, noldan qurilgan ishlab chiqarish majmuasi va 280 mingdan ziyod daraxt ekilgan oʻz bogʻiga ega. Aholi, xodimlar va atrof-muhitga masʼuliyat bilan munosabatda boʻlish, yuzlab ish oʻrinlarini yaratish va infratuzilmaga qaratilgan investitsiyalar mamlakatimizda sifatli biznes muhitini shakllantirishda kompaniyaning muhim hissasi hisoblanadi. Bu esa kompaniya uchun taraqqiyotning yangi istiqbollarini ochib bermoqda.

    Puxta ishlangan reja – muvaffaqiyatli start garovi

    “Siberian Wellness” Oʻzbekiston bozoriga chiqishni puxta rejalashtirdi. Eng avvalo, ahil jamoa shakllantirildi va yangi xodimlar maxsus oʻquv kurslaridan oʻtkazildi. Kompaniyaning bosh qarorgohi uchun joy tanlash, binodan bir vaqtning oʻzida ham ombor, ham ofis sifatida foydalanish imkoniyati, tovarlarni qabul qilish va tashish uchun zarur infratuzilmaning mavjudligi, kelgusida kengayish imkoniyatlari kabi masalalar mufassal oʻrganildi. Sifat va xavfsizlikka boʻlgan yagona global standartga rioya qilgan holda “Siberian Wellness” Oʻzbekistondagi boʻlinmalarini xalqaro va mahalliy talablarga muvofiqlashtirish boʻyicha ishlar olib bordi, natijada HACCP, ISO, GLOBAL GAP hamda albatta, Halal sertifikatlarini qoʻlga kiritdi.

    Isteʼmolchiga qaratilgan yondashuv

    Oʻzbekistonda mijozlar bazasini kengaytirish maqsadida kompaniya Toshkent, Samarqand, Fargʻona, Andijon va Nukus shaharlarida oʻz vakolatxonalarini ochdi. Faoliyati boshlanganidan dalolat beruvchi muhim koʻrsatkich “Siberian Wellness” kompaniyasining mashhur mahsulotlarining sotuvda paydo boʻlishi boʻldi. Jumladan, immunitet va aʼlo kayfiyatni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur boʻlgan kundalik vitamin va minerallar toʻplami – “DAILY BOX”, maksimal samaradorlik va tabiiy ingrediyentlar tarkibiga ega premium toifali professional “Siberian Super Natural Nutrition” nutrition-dasturlari, sport yuklamalariga bardosh berishga yordam beradigan oqsilli aralashmalardan tortib murakkab sport mahsulotlarigacha, nutritsiolog va mutaxassislar tomonidan shaxsiy dasturlar tuzish uchun moʻljallangan mono mahsulotlar... Bugungi kunda faqat Oʻzbekistonning oʻzida ushbu innovatsion mahsulotlardan 100 mingdan ortiq mijoz foydalanmoqda.

    Vaqt oʻtishi bilan kompaniyaning mamlakatimizdagi doʻkonlari franshizalar bilan almashtirildi – kompaniya toʻgʻridan-toʻgʻri mijozlar bilan ishlashni mahalliy tadbirkorlarga ishonib topshirdi va savdo maydonlarini faqat Toshkentdagi bosh ofisgacha qisqartirdi. Kompaniya oʻz eʼtiborini Namangan viloyatidagi aktivlarga investitsiya kiritishga qaratdi: soʻnggi besh yilda “NamAgrotech” korxonasi tashkil etildi, BFQ va konsentratlangan olma sharbati ishlab chiqarish liniyalariga ega sanoat majmuasi qurildi. Hozirda toʻqqiz xil meva hosil berayotgan mevazor barpo etildi. Ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi maydonlari bilan birga mehnat bozoridagi takliflar ham kengaydi: “NamAgrotech”, “Siberian Wellness” va uning shoʻba korxonalarida 196 doimiy va yuzlab mavsumiy xodimlar mehnat qilmoqda. 120 nafardan ortiq tadbirkor kompaniya bilan hamkorlikda oʻz shaxsiy brendini rivojlantirmoqda, ish oʻrinlari yaratmoqda. Shu bilan birga, “Siberian Wellness” odamlarga shaxsiy biznesini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda yordam beribgina qolmay, balki ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan insonlarga xayriya yoʻli bilan koʻmak koʻrsatmoqda.

    Minnatdorlik eʼtirof demakdir

    Masʼuliyatli biznes faqat davlat idoralari darajasida emas, balki aholi tomonidan ham qoʻllab-quvvatlanmoqda. Bejiz emaski, 2024-yilda “Siberian Wellness” Oʻzbekistonda “Yil brendi” mukofotini bir vaqtning oʻzida ikki nominatsiya boʻyicha qoʻlga kiritdi. 2023-yilda esa kompaniya “2022-yilda Oʻzbekiston rivojiga qoʻshgan investitsion va wellness-hissasi uchun” maxsus mukofot bilan taqdirlandi. Shuningdek, koʻpchilik aholi ovozi bilan “Biologik faol qoʻshimchalar. Bolalar ozuqasi” nominatsiyasida gʻolib deb topildi.

    Ammo eʼtirofning eng asosiy koʻrsatkichi bu mahsulotga talabdir. “Siberian Wellness” brendining Oʻzbekistondagi mashhur mahsulotlaridan biri keng qamrovli taʼsirga ega “Koren” balzami, shuningdek, “IMMUNO BOX”, “NovoMin”, “Ritmi zdorovya” kabi vitaminli komplekslar hisoblanadi. Organizmda moddalar almashinuvini normallashtirish uchun moʻljallangan topinamburdan tayyorlangan “Tabiiy innulin konsentrati” (“Prirodnыy inulinovыy konsentrat”) hamda organizmni tozalash uchun “Soflik manbai”dan (“Istoki chistotы”) ham keng foydalanilmoqda. Oʻzbekistondagi wellness-auditoriya trenddagi mahsulotlarga ham katta qiziqish bildirmoqda. Xususan, soch, teri goʻzalligi va boʻgʻimlar salomatligini qoʻllab-quvvatlashga yordam beruvchi, tarkibida kollagen mavjud mahsulotlar alohida eʼtiborga sazovor.

    Masʼuliyat har bir qadamda

    Oʻzbekistonda tashkil etilgan NamAgrotech kompaniyasi, “Siberian Wellness” jamoasi kabi, nafaqat ijtimoiy sohada, balki sayyoramizning tabiatiga boʻlgan masʼuliyatli munosabati orqali ham oʻzini namoyon qildi. Ishlab chiqarish jarayonlari atrof-muhitga taʼsirni minimallashtirishni koʻzlab tashkil etilgan: bogʻlarda tabiiy oʻgʻitlardan foydalanish va suv resurslariga ehtiyotkorona munosabat, sanoat majmuasida havoni tozalash tizimlari, yangi ishlab chiqarish liniyasida pektin tayyorlashga yangicha yondashuv — bularning barchasi shunga misoldir.

    Bundan tashqari, 2022-yilda kompaniya xodimlari va hamkorlari Toshkent bogʻlarini koʻkalamzorlashtirishda ishtirok etib, 200 ta daraxt ekdi. «Oroldagi bogʻim» ekoloyiha doirasida soʻnggi yillarda volontyorlar bilan hamkorlikda va kompaniya koʻmagida dengiz suvi qochgan hududda tuproq eroziyasining oldini olish maqsadida 14 220 ta saksaul va 500 ta shoʻrga va qurgʻoqchilikka chidamli daraxt ekilgan.

    “Siberian Wellness” doimiy ravishda ekologik faollik tashabbuslarini ilgari suradi hamda hayvonlarni himoya qilishga qaratilgan “Hayot. Jizn” va Mushukkent kabi loyihalarni qoʻllab-quvvatlab kelmoqda.

    Yubiley natijalar va kelajakdagi rejalar

    “Siberian Wellness” jamoasining Oʻzbekistondagi faoliyatining eng muhim yutuqlaridan biri bu befarq boʻlmagan, masʼuliyatli va yuksak maqsadlarga intiluvchi odamlardan tashkil topgan “wellness-hamjamiyati”ning tashkil topganidir. Ularni umumiy ish, qadriyatlar va yurtdoshlarimizning hayotini yaxshilashga boʻlgan intilish birlashtiradi. Muhim sana munosabati bilan jamoa yubiley yilining logotipini ishlab chiqdi – brend aydentikasi anʼanaviy oʻzbek naqshlari bilan bezatildi. Bu mahalliy anʼanalarga hurmat, shuningdek, mintaqaviy rivojlanish istiqbollarini ifodalaydi. Kompaniya esa oʻz oldiga mamlakatimizda har ikkinchi insondan buyurtma olishga erishishdek ulkan rejalarni qoʻymoqda.

    Telefon: (+998) 78−113−87−67.

    Sayt: uz.siberianhealth.com

    Facebook: fb.com/siberianwellnessuzbekistan

    Instagram: @siberianwellness_uzbekistan

    Telegram: t.me/swuzbekistan

    “Siberian Wellness” Axborot xizmati.

    Reklama

    Telegram kanalimiz
    Text to speech