Joriy  yil 17-21-aprel kunlari yurtimiz bo'ylab O'zbekiston Badiiy akademiyasi hamda qator vazirlik va idoralar hamkorligida respublikamiz bo'ylab  Xalqaro an'anaviy Tasviriy va amaliy san'at festivali o'tkaziladi.

Bugun,10 aprel kuni O'zbekiston Badiiy akademiyasida shu munosabat bilan Badiiy akademiya Direktorlar kengashining  ushbu xalqaro tadbir oldidan  yig'ilishi bo'lib o'tdi. 

Unda mazkur san'at haftaligiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish bilan bog'liq tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi, kelib tushayotgan ijodiy ishlar, ishtirokchilar qamrovi to'g'risida fikr almashildi.