Xalqaro uloq-koʻpkari musobaqasi gʻoliblari aniqlandi

    Surxondaryoda oʻtkazilgan xalqaro uloq-koʻpkari turniri yakunlandi.

    Termiz tumanidagi “Otchopar” majmuasida uloq-koʻpkari boʻyicha xalqaro turnirning final bahslari yanada shiddatli va zavqli oʻtdi.

    Finalda “Qozogʻiston” va “Qirgʻiziston” jamoalari faxrli birinchi oʻrin uchun kuch sinashishdi. Jamoaviy bahslarda, qozogʻistonlik chobogʻonlarning qoʻli baland keldi. 12:4 hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

    Yakuniy natijalarga koʻra:

    1-oʻrin – “Qozogʻiston” jamoasi (Qozogʻiston);
    2-oʻrin – “Qirgʻiziston” jamoasi (Qirgʻiziston);
    3-oʻrin – Qorabayir otlari mahorat maktabi jamoasi (Oʻzbekiston).

    Gʻoliblarga pul mukofotlari hamda qimmatbaho sovgʻalar tantanali topshirildi.