Respublika va xalqaro yoʻllarda 1 ming 200 dan ortiq qayrilib olish joyi boʻlsa, shundan faqatgina 146 tasida yer osti va yer ustidan qayrilib olish yoʻllari bor, 10 mingdan ziyod piyoda oʻtish joylarining atigi 154 tasi yer osti va usti orqali tashkil etilgan.

Shu bois 1-oktyabrga qadar Toshkent – Samarqand – Termiz, Toshkent – vodiy, Samarqand – Buxoro yoʻnalishidagi xalqaro yoʻllarning xavfsizlik talablariga mosligi oʻrganiladi.

Yil yakunigacha qancha yer osti va yer usti qayrilish hamda piyodalar oʻtish joylari, zamonaviy nur qaytaruvchi yoʻl belgilari va chiziqlari kerakligi boʻyicha texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqiladi.

Kelgusi yilda xalqaro moliya tashkilotlaridan mablagʻ jalb qilish prognoziga bu maqsadlar uchun 200 million dollar kiritiladi.