Uchrashuv ishtirokchilariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va oʻzgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish va investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha qilinayotgan keng koʻlamli chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.
Uchrashuv chogʻida investitsiyalarni jalb etish, investitsiyaviy nizolarni hal etishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, biznes sohasidagi huquqiy bazani mustahkamlash sohasida amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Toshkent xalqaro arbitraj markazining (TIAC) tashkil etilishi bilan investitsiyaviy va tijorat nizolarni tezkor hal qilish uchun samarali platforma yaratilganligi taʼkidlandi.
Tadbir yakunlari boʻyicha tomonlar koʻrib chiqilgan tashabbuslar va muhokama etilgan masalalar doirasida yanada faol hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Xalqaro yuridik firmalari vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi bosh direktori L.Qudratovning “GST LLP” (AQSH), “Global Advocacy” (BAA), “Canada Quality Experts” (Kanada), “Centre for Mediation and Arbitration” (Livan) kabi xalqaro yuridik firmalar va tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalarida maişiy ballonlarga gaz beriş taqiqlanadi
- Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʻistonda boʻladi
- Saida Mirziyoyeva Qaşqadaryo viloyati narkologiya muassasasi faoliyati bilan tanişdi
- Jamoat xavfsizligini taʼminlashning yangi mexanizmlari koʻrib chiqildi
- Toshkentda narkolaboratoriya aniqlandi
- Nukus şahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi III xalqaro Beruniy olimpiadasi (ARBIÇO 2026)ning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi