Bunga sabab sifatida joriy yil 2-17 sentyabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tadigan jahon chempionati va Osiyo o‘yinlari orasi juda ham yaqin bo‘lib qolgani ko‘rsatilmoqda.

Avvalgi taqvimga ko‘ra, Xanchjoudagi bahslar 27 sentyabr – 4 oktyabr kunlari o‘tkazilishi lozim edi. Yangi sanaga muvofiq, bahslar 30 sentyabr – 7 oktyabr kunlariga belgilangan.

Ma’lumot uchun, Xanchjou-2022 XIX Osiyo o‘yinlari joriy yilning 23 sentyabr - 8 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.