Xanchjou-2022: O‘zbekiston delegatsiyasi uchun kun oltin medal bilan boshlandi

    Xitoyning Xanchjou shahrida Para Osiyo oʻyinlari davom etmoqda. Qoʻlga kiritilgan natijalar bilan Oʻzbekiston sport delegatsiyasi umumjamoa hisobida kuchli uchlikda boryapti.

    Para kanoe bo‘yicha erkaklar o‘rtasida KL3 klassida Hasan Qo‘ldashev 42.258 soniya natija bilan oltin, VL3 klassi bahslarida Haytmurod Sherqo‘ziyev 49.345 soniya natija bilan oltin, ayollar o‘rtasida KL3 klassi bahslarida Shahnoza Mirzayeva 50.680 soniya natija bilan oltin medalni delegatsiyamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

    Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida F13 klassida nayza uloqtirish dasturida Nozimaxon Qayumova 43.36 metr natija bilan kumush, F56 klassida Nataliya Semyonova 17.40 metr natija bilan kumush, medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, para yengil atletikaning F54 klassida ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Nurxon Qurbonova 7.34 metr natija bilan ikkinchi bo‘ldi va kumush medalga ega chiqdi.

    Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida T36 klassida uzunlikka sakrash bahsida hamyurtimiz Izzat Turg‘unov o‘z ishtirokini yakunlab, 5.55 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.