Aniqlanishicha, holat xandaq qazishda xavfsizlik qoidalarining qoʻpol ravishda buzish natijasida sodir boʻlgan. Voqea joyiga zudlik bilan Fargʻona viloyati FVB qutqaruv otryadlari yetib kelgan.
Koʻchib tushgan tuproq bir necha daqiqalarda olib tashlandi. Qutqaruvchilarga voqeaga guvoh boʻlgan shaxslar ham yordam koʻrsatishgan.
Maʼlum boʻlishicha, jabrlanuvchi subpudratchi tashkilot xodimi boʻlib, xandaq qazish vaqtida xavfsizlik qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan. U tan jarohatlari olgan boʻlsada, shifokorlarning fikriga koʻra, uning hayotiga hech narsa tahdid solmayapti.