Bu haqda postanovkachi rejissyor Abdulatif Haydarov shunday deydi: “Buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy asari asosida yaratilayotgan “Xasis baqqol” animatsion filmi ustida ish jarayonlari davom etmoqda.

Ushbu multfilmning tayyorlanishiga oʻzbek animatorlari bilan birga 25 nafar xorijlik mutaxassis ham jalb qilingan. Mazkur tashabbus professional darajada ishlash, tajriba almashish, chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun katta zamin yaratmoqda. Animatsion film 1-iyun - Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan jajji tomoshabinlarga bayram sovgʻasi sifatida premyera qilinadi!”