Bugun tumanda “Xatirchi tekstil” korxonasi oʻz faoliyatini boshladi. Ochilish marosimida Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov hamda hudud faollari ishtirok etdi.

Mazkur korxonani ishga tushirish uchun 30 million dollar mablagʻ sarflangan. Uning yillik quvvati 7 ming tonna ip kalava, 6 million m² gazlama, 4 ming tonna boʻyalgan ip ishlab chiqarishga moʻljallangan.

Germaniya, Belgiya va Turkiyada ishlab chiqarilgan soʻnggi rusumdagi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxonaga 1 000 kishi ishga qabul qilingani aytilmoqda. Korxona prezidentimiz tashabbusi bilan qurib, foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi Navoiy viloyat hokimligi matbuot xizmati Xatirchi tuman hokimligi axborot xizmati maʼlumotiga tayanib.

Taʼkidlash joizki, ushbu korxona Xatirchi tarixidagi birinchi sanoat yoʻnalishidagi, va tumandagi eng yirik korxonadir.