Xoʻsh bu yangilik nima ekan va qanday samara beradi ekan?
Yuqumli boʻlmagan kasalliklar bilan kasallangan bemorlarni aniqlash va ularga tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida Sirdaryolik tibbiyot xodimlar aholini salomatlik koʻrsatkichlarini oʻlchab chiqib, 4 ta guruh, yaʼni sogʻlom, past xavf, oʻrta xavf va yuqori xavf guruhlariga ajratishdi.
Xatlov ishlarini toʻgʻri va tez bajarilishi, aholini salomatlik koʻrsatkichlarini ishonarli tarzda aniqlab chiqishlari uchun 421 ta tibbiyot brigadalari tashkil etilib, unga 1 883 nafar tibbiyot xodimi biriktirildi. Biriktirilgan tibbiyot xodimlarga 645 ta pulsioksimetr, 441 ta tarozi, 192 ta mobil EKG va boshqa zarur boʻlgan tibbiy uskunalar taqdim etildi.
Natija ham shunga yarasha boʻldi. Tibbiy brigadalar qisqa vaqt mobaynida viloyatda yashovchi aholining 93 foizi yaʼni 152 ming aholi xonadonlarini tibbiy xatlovdan oʻtkazib, aholi salomatlik koʻrsatkichlarini aniqlashdi va salomatlik holatiga qarab ularni 4 guruhga boʻlishdi.
Oʻtkazilgan xatlov natijasiga koʻra aholining 154 ming 378 nafari yaʼni 19,5 foizi sogʻlom guruhga,
356 ming 226 nafari yaʼni 45, foizi past xavf guruhiga,
257 ming 352 nafari oʻrta xavf guruhiga,
25 ming 554 nafari yaʼni 3,0 foizi yuqori xavf guruhiga mansubligi aniqlandi.
Natijaga qarab, mustaqil, oʻzi yurib, tibbiyot muassasalariga bora olmaydigan 1 104 nafar bemorlarga doimiy kuzatuv tashkil etildi. Ular sogʻligʻini nazorat qilib borish va zarur holatda tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida 127 nafar patronaj hamshiralari ularga biriktirildi.
Quvonarli tomoni, joriy yilning 1-aprelida Davlatimiz rahbari raisligida oʻtgan “Aholi salomatligini saqlash va koronavirusga qarshi kurashish masalalari boʻyicha” videoselektor yigʻilishida eʼtirof etilgan yangilik aynan mana shu ishlar edi. Va bu ishlar Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi sogʻliqni saqlash muassasalari rahbarlariga “Sirdaryo viloyatida sinovdan oʻtkazilgan sogʻliqni saqlash tizimining yangi modeli” sifatida barcha hududlarda joriy etishi boʻyicha muhim topshiriq ham berildi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.