Tadqiqot natijalari laboratoriya sharoitida asalari zahri koʻkrak bezidagi tajovuzkor saraton hujayralarini halok qilishini koʻrsatdi. Bu haqda “Proceedings of the National Academy of Sciences” jurnali xabar bergan.
Tarkibidagi melittin moddasi davolash qiyin boʻlgan onkologik kasalliklarning ikki turiga qarshi samarali kurashadi. Statistikaga koʻra, yiliga 40 ming ayol metastatik koʻkrak saratoni tufayli hayotdan koʻz yumadi. Olimlar 300 ta asalari va qovogʻari zahrini sinab koʻrgach, zaharning muayyan miqdori boshqa hujayralarga minimal zarar yetkazgan holda bir soat ichida saraton hujayralarini nobud qilishini aniqlashdi. Shuningdek, melittinning oʻzi mustaqil ravishda saraton hujayralarining oʻsishini izdan chiqarishi va “oʻchirishi” isbotlandi. Eng muhimi, bu moddani sintetik yoʻl bilan hosil qilish mumkin.
“Asalari zahrida koʻkrak saratonida foydali modda bor. U odam kasalliklarini davolashda tabiiy mahsulotlarning qanchalik foydali ekanligiga yana bir ajoyib misol boʻldi”, — deya taʼkidlashdi mutaxassislar. Avvalroq asalari zahri saratonning melanoma kabi boshqa turida yordam berishi mumkinligi aniqlangandi.
Tadqiqotchilar Gʻarbiy Avstraliyadagi Garri Perkins tibbiy tadqiqotlar institutida olib borilgan. Endi yangi dorini bemorlarga taklif etishdan oldin yana bir qancha ilmiy izlanishlar va tajribalardan oʻtkazish qoldi, xolos.