Mazkur loyiha BMTning Yoʻl harakati xavfsizligi jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladi.
Loyiha Xalqaro avtomobil yoʻllarini baholash dasturi (iRAP), Xavfsiz va barqaror transport Sharqiy alyansi (EASST), Xalqaro yoʻl federatsiyasi (IRF) tashkilotlari hamkorligida taqdim etilgan.
Dastur doirasida yoʻllarni loyihalash jarayonida qoʻllanilayotgan standartlarni har tomonlama oʻrganish va tahlil qilish orqali takomillashtirish maqsad qilingan.
Uchrashuv davomida xorijlik mutaxassislar yoʻllarda xavfsizlikni taʼminlash, xavfsiz yoʻllarni loyihalash, yoʻl muhandisligi masalalari boʻyicha taqdimotlar oʻtkazdi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.