Xavfsizlik talablarini buzgan 28 nafar xodimga chora ko'rildi

    "O'zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi topshirig'i bilan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari, qayta ishlash korxonalarning sanoat va ekologiya xavfsizligi va mehnat xavfsizligi holati bo'yicha monitoring nazorat tekshiruvi o'tkazildi.

    “O'zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig'i bilan neft`va gaz qazib chiqarish boshqarmalari va qayta ishlash korxonalarning sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog'liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi holati bo'yicha monitoring nazorat tekshiruvi (4-bosqich) o'tkazildi.

    Xususan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan Sho'rtan gaz kimyo majmuasi, Muborak va Sho'rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmalari, "O'zneftgaz burg'ilash ishlari" MCHj, “Gissarneftgaz” va “Ko'kdumaloq-gaz” qo'shma korxonalari, “Uzbekistan GTL”, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, “Muborak neftgazsuv ta'minot” MCHj, O'zHQ, “Qarshi neft baza” MCHj, “Termiz neft baza” MCHj va ularga qarashli AYoQShlarning sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog'liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi holatlari o'rganildi.

    O'tkazilgan nazorat tekshiruv natijalariga asosan sanoat xavfsizligi yo'nalishida 187 ta, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi yo'nalishida 181 ta, yong'in xavfsizligi yo'nalishida 81 ta, elektr xavfsizligi yo'nalishida 32 ta, atrof-muhit muhofazasi yo'nalishida 22 hamda xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish va risk bilan ishlash yo'nalishi bo'yicha 34 ta kamchiliklar aniqlandi.

    Tekshiruv natijalariga ko'ra, sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog'liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi holati bo'yicha bir qancha kamchiliklarga yo'l qo'ygan 28 nafar xodimlarga chora ko'rildi.

    Monitoring jarayonida boshqarma va korxona mutaxassislariga ishlarni tashkillashtirish, sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog'liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi, energetika va mexanika yo'nalishlarida amaliy yordam berilmoqda.

    O'rganishlar natijasida yuzaga kelgan kamchilik va nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar tuzildi. CHora-tadbirlarning o'z vaqtida bajarilishi yuzasidan boshqarma va korxonalar mas'ul xodimlariga topshiriqlar berildi.

    “O'zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati