Bu haqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, mazkur unvon boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni asosida berildi
Ayni kunda yozuvchi oʻzining muborak 70 yoshini nishonlamoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayter, taniqli adib Xayriddin Sultonov 1956-yil 19-yanvarda Toshkent viloyati Qibray tumanida tugʻilgan.
Xayriddin Sultonov 1978-yil Toshkent davlat universitetining (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tugatgan. Mehnat faoliyatini “Guliston” jurnalida boshlab, keyin “Yoshlik” jurnalida, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida faoliyat koʻrsatdi.
Adibning “Quyosh barchaga barobar”, “Bir oqshom ertagi”, “Onamning yurti”, “Umr esa oʻtmoqda”, “Boburning tushlari”, “Boburiynoma” maʼrifiy romani, “Toʻqchilik va yoʻqchilik”, “Saodat sohili” kabi nasriy kitoblari nashr etildi. Shuningdek, u “Changak”, “Moziydan bir sahifa”, “Mehrobdan chayon” kabi videofilmlar, “Tushlarimda koʻrib yigʻlayman”, “Yolgʻiz yodgorim” kabi badiiy va hujjatli filmlar ssenariylari muallifidir.
Adib Xayriddin Sultonov mohir tarjimon sifatida A.Sent-Ekzyuperi, Yu.Nagibin, V.Shukshin, V.Rasputin, A.Yakuban, S.Svigun, O.Ipatova kabi adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Xayriddin Sultonov 1996-yil “Shuhrat” medali, 2003-yil “Mehnat shuhrati” ordeni, 2006-yil “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist” unvoni hamda 2016-yil “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.