Mart oyida Xiaomi Pentagon tuzgan ushbu ro‘yxatdan chiqarilish bo‘yicha sud qaroriga erishdi. Vashington okrug sudi AQSh mudofaa vazirligining kompaniyaga nisbatan qarorini "qo‘pol xato" deb topdi va qaror ijrosini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi.

Chorshanba kuni Pentagon o‘z qarorini bekor qilishga rozi bo‘lgani ma'lum qilindi.

O‘tgan yil noyabrda AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika kompaniyalari va xususiy investorlariga Xitoyning 30dan ortiq kompaniyasi aksiyalariga egalik qilishni taqiqlovchi farmonni imzolagandi. Shu yilning yanvarida Xitoyning yana sakkiz kompaniyasi bilan birga Xiaomi ham ro‘yxatga kiritilgandi.