Loyiha Dangsuyun tumanida, dengiz sathidan 4550 metr balandlikda barpo etilmoqda. U “Wumatang” loyihasi nomi bilan ham maʼlum.
Mazkur stansiya oddiy quyosh panellaridan farqli ravishda kontsentratsiyalangan quyosh energiyasi (CSP) texnologiyasi asosida ishlaydi. Unda egilgan ko‘zgular orqali quyosh nuri maxsus suyuqlik to‘ldirilgan quvurlarga yo‘naltiriladi. Qizdirilgan suyuqlik esa erigan tuz saqlanadigan rezervuarlami isitadi va bu tizim katta “issiqlik batareyasi” vazifasini bajaradi.
Shuning hisobiga stansiya quyosh botgandan keyin ham 6 soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘ladi.
Loyihani amalga oshirish yuqori tog‘ sharoiti sabab murakkab kechmoqda. Kam havo bosimi va keskin harorat farqlari ishchilar uchun qiyinchilik tugdirmoqda. Shu bois qurilish maydonida maxsus isitish va kislorod taʼminoti tizimlari joriy qilingan.
Ekologik jihatdan ham loyiha “quyosh plyus chorvachilik” modeli asosida ishlab chiqilayapti. Yaʼni, quyosh uskunalari yerda baland qilib o‘rnatilib, mahalliy chorva hayvonlarining erkin o‘tlashiga imkoniyat saqlab qoliladi.
Maʼlum qilinishicha, stansiya 2027 yilda to‘liq ishga tushiriladi. U yiliga taxminan 719 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu esa har yili qariyb 216,9 ming tonna ko‘mir yoqilishining oldini olib, atmosferaga chiqadigan karbon gazi miqdorini 652 ming tonnadan ortiqqa kamaytiradi.
Loyiha China General Nuclear Power Corporation tomonidan amalga oshirilmoqda.