“YIKga raislik qilayotgan Qirgʻiziston taklifiga koʻra, mazkur roʻyxatga 2 ta loyiha kiritildi: “Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston temir yoʻli qurilishi” va “Lugavaya-Baliqchi temir yoʻl uchastkasini elektrlashtirish”, deb yozadi Qirgʻizistonning “Kabar” Milliy axborot agentligi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-may kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yigʻilishidagi nutqida quyidagilarni taʼkidlagan edi: “Eng yaqin vaqtda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bozorlariga chiqish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadigan “Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoy” temir yoʻlini qurish loyihasini amaliy roʻyobga chiqarishga kirishishni rejalashtirmoqdamiz. Ushbu yoʻl “Sharq – Gʻarb” yoʻnalishida mavjud temir yoʻl magistrallarining imkoniyatlarini kengaytiradi”.