Xitoy bilan charmsanoat sohasidagi hamkorlik yanada kengayadi

    Investitsiyalar 12 Yanvar 2024 401

    “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan Gao Yao boshchiligidagi investorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Muloqot mavzusi mamlakatimiz charm sanoatiga kompaniya sarmoyasini jalb etish masalalari boʻldi.

    Muloqotda Xitoylik investorlar Oʻzbekistonda bugungi kunda xorijiy kompaniyalarga yaratib berilayotgan sharoitlar, hukumatning qoʻllab-quvvatlashi xorijiy sarmoyalar oqimining kengayishiga xizmat qilayotganini taʼkidladi. Shu maqsadda investorlar respublikamizning charmsanoat tarmogʻida ham hamkorlikda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, Xitoyga tayyor charm mahsulotlarni eksport qilishga qiziqish bildirdi.

    Uchrashuvda eksport-import masalalaridagi aloqalarni yoʻlga qoʻyishga oid masalalar atroflicha muhokama qilib olindi. Mahalliy korxonalarimiz bilan oʻzaro biznes muloqotlarni yoʻlga qoʻyish, muzokaralar oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilindi, deb xabar beradi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.