Xitoy Bluetoothdan olti barobar tezroq ishlaydigan NearLink aloqa tizimini ishlab chiqdi

    Huawei kompaniyasi Wi-Fi va Bluetooth o'rnini bosa oladigan NearLink qisqa masofali simsiz texnologiyasini rasman taqdim etdi.

    NearLinkni ishlab chiqishda 300 ta turli tashkilotlar ishtirok etdi. Texnologiya butunlay tayyor va turli xil qurilmalarning yangi modellarida joriy etilmoqda.

    NearLinkning Bluetoothga nisbatan asosiy afzalliklari:

    Energiya iste'moli 60 foiz kamroq;

    Ma'lumotlarni uzatish tezligi 6 barobar tezroq;

    Ma'lumotlar almashinuvidagi kechikish 30 baravar kamroq;

    Nosozliklardan himoyalanish 7 dBga oshdi;

    Qamrov maydoni ikki baravar ko'p;

    Bir vaqtning o'zida tarmoq ulanishlari 10 barobar ko'proq.

    NearLink universal aloqa tizimi sifatida qaralmoqda. U deyarli har qanday yaqinlikdagi qurilmalar – gajetlar, kompyuterlar, aqlli uy obyektlari, taqiladigan elektron vositalar, maishiy texnika, sanoat qurilmalari va elektr transport vositalarida ishlatilishi mumkin. Texnologiya allaqachon Huawei HarmonyOS 4 operatsion tizimiga integratsiya qilingan. Undan smartfonining so'nggi modeli Huawei Mate 60 da ham foydalanish mumkin, deb xabar beradi techcult.ru.